Vyetnamdan Kim Chen Inga o‘xshash shaxs hech bir sababsiz chiqarib yuborildi

Ular Hanoy opera teatri oldida ommaga ko‘rinish berib, posbonlar qurshovida ikki davlat yetakchilarining “sammiti”ni o‘tkazishgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Vyetnam hukumati kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan avstraliyalik aktor Govard Eksni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda RIA Novosti Channel News Asia telekanaliga tayanib xabar qildi.

Telekanal ma’lumotiga qaraganda, Govard Eks Vyetnamga o‘tgan hafta AQSh prezidenti “qiyofadoshi”, aktor Rassel Uayt bilan birgalikda kelgan. Aktorlar Xanoy opera teatri oldida ommaga ko‘rinish berib, posbonlar qurshovida ikki davlat yetakchilarining “sammiti”ni o‘tkazishgan. Bu esa jurnalistlarning diqqatini o‘ziga jalb etgan.

Moskva ko‘chalarida Kim Chen In paydo bo‘ldi

Juma kuni Govard Vyetnam huquqni muhofaza qilish idora xodimlari tomonidan so‘roq qilingan va Gongong shahriga jo‘natib yuborilishi haqida ma’lum qilingan. Vyetnam immigratsiya xizmati xodimlari aktor Govard Eksga uning viza “amal qilmasligini” aytishgan. Shimoliy Koreya yetakchisi qiyofadoshiga boshqa hech qanday izoh berilmagan.

Shuningdek, telekanal ma’lumotiga qaraganda, Rassel Uayt Vyetnamda qolishi mumkin, ammo mamlakat hukumati unga Tramp qiyofasida ommaga ko‘rinish berishni taqiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Shimoliy Koreya prezidentlarining uchrashuvi 27—28 fevral kunlari Vyetnam poytaxti Xanoyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.