Venesuela va Kolumbiya chegarasida kuchli to‘qnashuvlar: yuzlab kishi jarohatlandi

Kolumbiya hukumatining ma’lumotiga ko‘ra, Kukuta shahri chegara tumanlaridagi to‘qnashuvlar oqibatida 285 kishi jarohatlandi.
Sputnik

Venesuelaning bir necha viloyatlarida 23-fevral kuni muholifatchilar va milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida kuchli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Amaldagi prezident Nikolas Maduroning raqiblari  xorijiy davlatlardan gumanitar yordam yetkazilishiga harakatlardan so‘ng tartibbuzarliklar boshlandi.

Kolumbiya prezidenti ma’muriyati 285 kishi jarohat olganligi haqida xabar qildi.