Shahram G‘iyosov: “Yaqin orada yana jang qilaman, 10 kundan so‘ng tafsilotlar aniq bo‘ladi”

Shahram G‘iyosov Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot va media departamentiga bergan intervyusida yaqin kunlarda yana ringga ko‘tarilishi haqida ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Shahram G‘iyosov yaqin kunlarda yana ringga ko‘tarilishi haqida ma’lum qildi.

Shahram meksikalik Edgar Puertoga qarshi jangda raqibini texnik nokaut uchratgan so‘ng Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot va media departamentiga bergan intervyusida uni qo‘llab-quvvatlaganlarga o‘z minnatdorchiligini izhor edi. Shuningdek, fevral oyida jang bo‘lishini kutmagani aytib, meksikalik bokschi chorlagani sababli bu taklifni rad eta olmaganini ma’lum qildi.  

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi

Uning so‘zlariga qaraganda, kam vaqt - 25 kun ichida jangga tayyorgarlik ko‘rgan. Shunga qaramasdan raqibini texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi

“Yaqin kunlarda yana bir jangni kuting. 10 kundan so‘ng bu haqida e’lon qilamiz», – deya ma’lum qildi intervyu davomida Shahram G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov Meksikaning Tixuana shahrida 23-fevral kuni bo‘lib o‘tgan jangda meksikalik raqibini texnik nokautga uchratgani haqida xabar qilgan edik.