TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 26-fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 10,99 so‘mga ko‘tarilib, 8 403,19 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi 52,75 so‘mga oshib, 9 530,06 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 2,36 so‘mga ko‘tarildi va 128,61 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Eslatib o‘tamiz, dollar kursi ikki hafta davomida, xususan 11-fevralda 6,38 so‘mga, 18-fevralda 2,95 so‘mga pasaygandi.