Ichki ishlar xodimiga 400 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs hibsga olindi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga 400 dollar pora berishga urindi.
Sputnik

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida ichki ishlar organlari xodimiga 400 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Oliy sud raisining o‘rinbosari o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2019-yil 19-fevral kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimi o‘z boshlig‘iga murojaat qilib, unda Bomraxa mahallasida fuqaroga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borayotgan vaqtida fuqaro xodimga ishni ijobiy hal qilib berishni so‘rab, evaziga 400 dollar taklif qilayotganligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu bildirgi yuzasidan Namangan viloyati ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida fuqaro xodimga xizmat xonasida 400 dollarni pora sifatida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.