Shohjahon Ergashev O‘zbekistonda tantanali kutib olindi

Shohjahon Ergashev professional ringda 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal etgan. 14 ta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Maykl Foksni mag‘lub etgan Shohjahon Ergashev O‘zbekistonda tantanali kutib olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Shohjahon Ergashev O‘zbekistonda tantanali kutib olindi

Shohjahon Ergashev Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillari, muxlislar va ommaviy vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-fevral kuni (16 fevral tongida) professional bokschi Shohjahon Ergashev AQShda faoliyatidagi 16-jangni o‘tkazgan edi. Mazkur bahsda amerikalik Maykl Foks raqiblik qilgan va 10 raundlik jangda Shohjahon ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan edi.

Shohjahon Ergashev O‘zbekistonda tantanali kutib olindi

Shohjahon navbatdagi jangini katta ehtimol bilan shu yilning 13-aprel kuni o‘tkazadi. Biroq, bu haqida hali rasman e’lon qilinmagan.