Qirg‘izistonda uch milliondan ortiq o‘zbekistonliklar hordiq chiqardi

2017 yilda Qirg‘izistonga atigi 689 ming o‘zbekistonliklar tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. 2018-yilda Qirg‘izistonga 3 million 284,3 ming kishi tashrif buyurdi. Bu 2017-yil bilan solishtirilganda 2,5 millionga ko‘pdir.

Sputnik Qirg‘iziston ma’lum qilishicha, o‘tgan yili yaqin va uzoq xorijiy davlatlardan kelgan turistlar soni 2,4 millionga ortib, 6 million 946 ming kishini tashkil qildi.

Ulardan 270 ming sayyoh uzoq xorijiy davlatlardan kelishdi, qolgani MDHdan kelishgan.