O‘zbek qizlarga uylanish koreyaliklarga qimmatga tushmoqda

Janubiy Koreyaning qishloq aholisiga ayollar yetishmayapti, shuning uchun davlat tomonidan ijtimoiy dastur qabul qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Janubiy Koreya bo‘ydoq erkaklari o‘zbekistonlik qizlarga uylanish uchun 3 mingdan 12 mingacha harajat qilishga majbur bo‘lishmoqda. O‘zbekistondan qiz olish eng qimmat deya baholanmoqda. Bu haqda The Straits Times nashri xabar qildi.

Qizlar kelin guldastasi uchun urushib ketishdi - internet foydalanuvchilari shokda

Xabarda aytilishicha, Janubiy Koreyada yolg‘iz erkaklar uchun ijtimoiy dastur joriy etilgan. Bu dastur talablariga ko‘ra, qishloqlarda istiqomat qiluvchi erkaklar turmush qurish uchun shaharga kelmasligiga qaratilgan.   

Eslatib o‘tamiz, koreyalik ayollarning 99 foizi erga tekkan yoki shaharga yashash uchun ketgan.

Shaharlik ayollarga qishloqda istiqomat qiluvchi erkaklar uncha qiziq emas. Shuning uchun davlat ularga xorijdan kelin topish uchun taklif qiladi. Buning uchun 3 mingdan 12 ming dollargacha davlat subsidiyalari ajratiladi.

Ajratilayotgan subsidiya turmush xarajatlarini qisman qoplaydi. Jumladan, shu pulga o‘zbekistonlik qizlar Koreyagacha borishlari va bo‘lajak kuyov bilan tanishish vaqtida turar joy harajatlarini to‘lashlari mumkin.

Qaltis hazil: to‘yda kelin kuyovning g‘azabini keltirdi - video

Ma’lumki, eng ko‘p kelinlar Vyetnamdan (73 %), shuningdek, Filippin, Kambodja va Xitoydan kelgan.

Shunga qaramay, oxirgi vaqtlarda Koreyaga kelgan o‘zbekistonlik qizlar soni ortmoqda.

Bunday munosabatlarga qarshi bo‘lganlar ham bor.

Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, "kelin sotib olish” genderlik notenglikka olib kelishi va inson huquqi buzilishiga olib keladi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy komissiya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, ayol-migrantlarning 40 % oilaviy zulm, 68 % jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Shu bilan birga kelin kuyovlarning yoshda bo‘lgan farq keskinlikni kuchaytiradi. Statistikaga ko‘ra, kuyovlarning o‘rta yoshi - 43,6, xorijiy kelinlar esa 25,2 ni tashkil qilmoqda.

Koreyaning ba’zi viloyatlarida ajrashish yuz bergan taqdirda subsidiyaning yarmini davlatga qaytarish kerak bo‘ladi.