Emomali Rahmon o‘zini musiqiy kliplarda ko‘rishni xohlamaydi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon uni musiqiy kliplar orqali targ‘ib qilishayotganidan tashvishga tushgani ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon davlat ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon uni musiqiy kliplar orqali targ‘ib qilishayotganidan tashvishga tushgani ma’lum qildi.

Tojikistonda to‘ydan avval qizlar bokiraligi tekshirilishi shart...mi?

Uchrashuvda Emomali Rahmon davlat bosma matbuoti, televidenie va radio kanal rahbariyatiga dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga tezkorlik bilan e’tibor qaratish, ko‘proq tahliliy materiallar tayyorlash vazifasini qo‘ydi hamda tele va radiodasturlar Tojikiston davlati manfaatlarini hisobga olgan holda, tojik adabiy til meyorlariga muvofiq ravishda tayyorlanishi kerakligi ta’kidlab o‘tdi.

Mutasaddi tashkilot rahbarlari zimmasiga musiqiy kliplarda uning suratlaridan foydalanish o‘rniga respublikaning erishgan yutuqlari, fuqarolar mehnati va mamlakatning betakror tabiat manzarasidan foydalanish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, Ehmoli Rahmon uchrashuv davomida davlat telekanallari xalq hunarmandchiligi va milliy taomlarni tayyorlash usullari ommalashtirilmayotgani ta’kidladi.