O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyadan 5 million tonnagacha neft sotib olishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston parlamentining deputatlari O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik ayrim masalalari haqida bitimni ratifikatsiyadan o‘tkazishdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyadan 5 million tonna neft yetkazib berilishiga qiziqish bildirgan. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayevga asoslangan holda xabar qildi.

Andijondagi uylardan birida yashirin “neft zavodi” topildi

Qozog‘iston parlamentining deputatlari O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik haqida bitimni ratifikatsiyadan o‘tkazishdi.

 “O‘zbekiston so‘rovnomasiga asosan Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonga yiliga 1 million tonna neft yetkazib berish masalasini o‘rganmoqda. Qozog‘iston tranzit tomon sifatida ko‘rib chiqilmoqda”, - deb aytdi Qozog‘iston energetika vaziri.

Bozumbayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 5 million (shulardan Qozog‘istondan 2 million tonna va Rossiyadan 3 million tonna) tonnagacha neft sotib olishga qiziqish bildirgan.

“Shuningdek, faqat Qozog‘istondan 5 million tonna yetkazib berish varianti ko‘rib chiqilmoqda”, - dedi Bozumbayev.