AQSh Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarni AQShga yo‘naltiradi - Putin

AQSh O‘rta va yaqin masofa raketalari haqidagi shartnomani buzuvchi raketalarini Yevropada joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarini “qaror qabul qiluvchi markazlarga” yo‘naltiradi - dedi Putin.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining Federal kengashga qaratilgan nutqida global xavfsizlik masalasida ham to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, Putin AQSh O‘rta va yaqin masofa raketalari haqidagi shartnomani buzuvchi raketalarini Yevropa hududida joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarini “qaror qabul qiluvchi markazlarga” yo‘naltirishini aytdi.

“Bizlarni keyin hech kim va hech narsada ayblamasligi uchun,  bugun shuni ochiq aytishimiz kerak: Rossiya nafaqat bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solishi mumkin bo‘lgan hududlarga qarshi, balkim ularning qaror qabul qilish markazlari joylashgan hududlarga ham zarba beruvchi  qurollar ishlab chiqishga va ularni shay qilib qo‘yishga majbur bo‘lmoqda”, - dedi Rossiya prezidenti.

Putin Yevropada o‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni birinchi bo‘lib joylashtirmasligini va vaziyatni keskinlashtirishdan manfaatdor emasligini xabar qildi.

AQSh esa Yevropaning Polsha va Ruminiya davlatlarida “Tomagavk” raketalarini uchirishi mumkin bo‘lgan “Idjis eshor” uskunalarini allaqachon joylashtirganini va  u yerdan uchirilgan raketalar Moskvagacha 10–12 daqiqada yetib kelishi mumkinligini xabar qildi.

Ushbu munosabat bilan Putin AQShni global harbiy ustunlikka da’vo qilishdan voz kechishni talab qildi. Rossiya prezidenti fikriga ko‘ra, bu Rossiya va dunyoga xavf tug‘dirmoqda.