“Rezina” tuxumlar Qirg‘izistonga qayerdan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iziston Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiya rahbari Kalisbek Jumakanov qizg‘in bahsga sabab bo‘lgan “rezina” tuxumlar O‘sh shahriga qayerdan keltirilganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Kuni kecha qizg‘in bahsga sabab bo‘lgan “rezina” tuxumlar O‘sh shahriga Issiqko‘l viloyatidan keltirilgan, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston  Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiya rahbari Kalisbek Jumakanovga tayanib.

Jumakanov jurnalistlarga Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiyasi xizmat tekshiruvini o‘tkazib, video qahramonini topganini ma’lum qildi.

“Erkak tuxumlarni O‘shdagi “Archa” mini-bozorida xarid qilganini ma’lum qildi. Ushbu tuxumlar Issiqko‘l viloyatidan keltirilgani aniqlandi. Hammasi ekologik tabiiy, lekin shunga qaramasdan mahsulot tarkibini aniqlash maqsadida uni laboratoriyaga topshirdik ”, - dedi u.

Jumakanov tuxumlar boshqa davlatlardan keltirilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Shuningdek, u Issiqko‘ldagi korxonada tekshiruv boshlanganini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga "rezina" tuxum yetkazib berilgani haqidagi xabarni rad etdi

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Internetda Qirg‘izistonda “rezina” tuxum paydo bo‘lganligi haqidagi xabar qizg‘in muhokama qilindi. Qirg‘iziston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, pishirilgan tuxum sarig‘i “rezina” bo‘lib chiqadi. Uning fikriga ko‘ra, bu tuxumlar Xitoyda ishlab chiqarilgan. Sputnik Qirg‘iziston agentligi ushbu masala yuzasidan Qirg‘iziston parrandachilik uyushmasi raisi Rustam Osmonaliyevga murojaat qildi. Osmonaliyev uyushmaga bir necha marta kelib chiqishi noma’lum va sifati qoniqarsiz bo‘lgan tuxumlar O‘zbekiston hududidan kelayotganligi haqida xabar berilgani haqida ma’lum qiladi. Sputnik O‘zbekiston agentligi esa o‘z o‘rnida ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasiga murojaat qildi. Qo‘mitada bu ayblovlarni rad etishdi. O‘zbekistondan tuxum Afg‘oniston, Tojikiston va Eronga eksport qilinishi, shuningdek, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga faqat kombikorm, qurt va biogumus o‘g‘it eksport qilinishini ma’lum qilingan edi.