TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Qirg‘iziston O‘sh shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bozorda qanday tuxum sotib olganligini namoyish qildi.
Qirg‘iziston fuqarosi pishgandan keyin tuxum sarig‘i "rezina" ekanligiga e’tibor qaratadi.
“Tuxum sarig‘i o‘rniga bu yerda rezina. Endi O‘shda Xitoy tuxumi paydo bo‘ldi. Bu tuxumga qarang. Ehtiyot bo‘ling”, - deb ogohlantiradi kishi.
Qirg‘iziston Reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Nazina Alikulov bu holat yuzasidan izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot sifatiga shubha bo‘lsa, Qirg‘iziston antimonopoliya boshqaruv davlat agentligiga ariza bilan murojaat qilish zarur.
“Keyin Sanepidemnazoratga so‘rovnoma yuboramiz. Bu tashkilot mahsulot sifatini tekshiradi. Agar haqiqatda bunday bo‘lsa, “Qirg‘izstandart” bu mahsulot sifat standartini qanday olganligini o‘rganib chiqadi. Bojxona xizmati esa mahsulot qanday import qilingani va sotuvga tushganligini tekshiradi”, - dedi Alikulova.
Amaldorning fikriga ko‘ra, davlat organlari OAVlar xabarlariga e’tibor qaratishi mumkin. Biroq bu feyk emasligiga to‘liq ishonch hosil qilish kerak.