O‘zbekistonlik migrant Sankt-Peterburgda 10-qavatdan qulab tushib, omon qoldi

Politsiya xodimlari bu migrant O‘zbekistondan kelgani, 23 yoshdaligi va Rossiya hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmaganini aniqlashgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Leningrad viloyati Sankt-Peterburgda Murinodagi  turar joy hududida  olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tushdi.  “Fontanka” internet nashri xabariga asosan.

Moskvadagi mushtlashuvda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, montajchi bo‘lib ishlagan yosh yigitni boshi, ko‘krak qafasi, qorin va tos jarohatlari bilan shifoxonaga olib borishgan. Unda umurtqa sinishi va bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.

Sankt-Peterburg huquq-tartibot organlari bu mehnat muhojiri O‘zbekistondan kelgani, 23 yoshdaligi va Rossiya hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmaganini aniqlashgan.

Hodisaga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.