Buxoroda mast holda ayolni kaltaklab, umriga zomin bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Buxoroda fuqaro mast holda tanishini urib-tepib jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Toshkentda IIBB xodimi shafqatsiz kaltaklandi

“2019 yil 16-fevral kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi A.R. mast holda tanishi X.M.ning uyida o‘zaro janjal sabab X. Do‘stligi ko‘chasida yashagan E.B.(ismli ayol)ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan”, - deyiladi xabarda.

Natijada ayol voqea joyida vafot etgan.

Hozirda jinoyatchi qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.