Alisher Sultonovga yana bir vazifa yuklatildi

Alisher Sultonov ayni vaqtda energetika vaziri lavozimda faoliyat yuritmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Alisher Saidabbosovich Sultonovga Bosh vazirning Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini bajarish ham yuklandi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, bu yangi lavozim "O‘zbekiston Respublikasi hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi" prezident qarori bilan joriy etilgandi.

Alisher Sultonov ayni vaqtda energetika vaziri lavozimda faoliyat yuritmoqda.