Toshkentda IIBB xodimi shafqatsiz kaltaklandi

IIB xodimini kaltaklargan fuqarolar 5-yildan 8-yilgacha qamalishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 17fev – Sputnik. Toshkentda kafeda IIBB xodimini shafqatsiz kaltaklagan to‘rt nafar fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Uznews nashri.

Huquqni saqlash organlaridan olingan xabarga ko‘ra, 15-fevral kuni soat 20:30 atrofida  “Karimbek” oshxonasida 32, 32, 33 va 39 yoshli 4 nafar fuqarolar mast holatda IIB xodimini shafqatsizlarcha kaltaklashgan.

Moskvada FSB podpolkovniki kaltaklandi

Buning oqibatida 37 yoshli IIB xodimi  bosh miya og‘ir lat yeyishi, chakka tomon gematomasi, bosh chanog‘ining orqa suyagi sinishi diagnozi bilan Respublika Tezkor tibbiyot markaziga yotqizilgan.

Ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104 moddasi 2 bo‘limi 2 qismi asosida (og‘ir jarohat yetkazish, bezorilik) bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. JKning ushbu moddasiga ko‘ra, ayblanuvchilarga 5-yildan 8-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

So‘nggi vaqtlarda OAVda IIB yoki YPX xodimlariga bo‘layotgan hujumlar haqida xabarlar tez-tez paydo bo‘layotganini afsus bilan qayd etish lozim. Umid qilamizki tergov jarayonida ushbu holatlar sinchikov tekshirilib aybdorlar qonun oldida javob beradi.