Rossiyalik mutaxassis o‘zbekistonliklarning uzoq yashash sirini aytdi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo respublikalari orasida O‘zbekiston aholisi eng uzoq umr ko‘radi. 
Sputnik

TOShKEN, 17 fev - Sputnik. O‘zbekistonliklarning boshqa respublikalarga qaraganda uzoq umr ko‘rishiga bir necha sabablar bo‘lishi mumkin, deydi Rossiya Gerontologiya ilmiy instituti direktori Olga Tkacheva.

Bu yerda ko‘p usimlik mahslotlar iste’mol qilishi, ko‘p harakat qilish, alkogol va tamaki mahsulotlarini kam iste’mol qilishi muhim o‘rin tutadi. Undan tashqari sharqiy mamlakatlarda yoshi katta insonlarni hurmat qilishadi, ularga yordam berishadi. Albatta bu ham umr uzayishiga o‘z hissasini qo‘shadi.   

256 yil umr ko‘rgan xitoylik siri

Ma’lumki umr uzoq bo‘lishiga genetika faqat 15 % hissa qo‘shadi xolos. Sog‘liqni saqlash tizimining ulushi esa – 15 %dan 25 %gacha. Uzoq umr ko‘rishda eng asosiy omil esa – bu turmush tarzidir. Inson qanday yashashi, ko‘p yoki kam harakat qilishi, qanday ovqatlar iste’mol qilishi, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’moli – eng katta va eng muhim o‘rin tutadi.

Shuning uchun bugungi kunda ko‘p davlatlarda aholi orasida sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilinmoqda. O‘z umri uzoqligi uchun aholining o‘z javobgarlik burchini oshirishga harakat qilishmoqda.

Albatta, ushbu o‘rinda tibbiyot va ijtimoiy sohaning tutgan o‘rni juda muhim. Bu borada inson yoshi qancha katta bo‘lsa ushbu sohalarning tutgan o‘rni ham ham shunchalik muhim bo‘lishini ta’kidlash lozim, deydi mutaxassis.

Rossiyalik mutaxassis o‘zbekistonliklarning uzoq yashash sirini aytdi