Yangi 100 ming so‘mlik banknot qachondan chiqishi ma’lum bo‘ldi - foto

Qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan.
Sputnik

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yilning 25-fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

Qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan.

Banknotning o‘lchami 144 x 78 mm. bo‘lib, maxsus himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.

Yangi 100 ming so‘mlik banknot qachondan chiqishi ma’lum bo‘ldi - foto

Banknotning o‘ng tarafidagi oq oval qismida Mirzo Ulug‘bek surati ko‘rinishidagi lokal suv belgisi va 100000 raqami ko‘rinishida filigran suv belgisi joylashgan.

Banknot old va orqa tomonining ko‘rinishi Markaziy bank xabarida batafsil bayon etilgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgisi, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.