Rossiyada eng zamonaviy T-90MS tank sinovdan o‘tkazildi

T-90MS tankning himoya, o‘q otish kuchi va harakatchanligi namoyish qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 16 fev  — Sputnik.Zvezda" telekanali Rossiyaning eksportga mo‘ljallangan yangi T-90MS tankini sinovdan o‘tkazishni tasvirga olingan videoni namoyish qildi.

Internetda AQSh harbiy texnikasi yo‘q qilinishi tasvirga olingan video paydo bo‘ldi

Videoda tank harakati, o‘q otish kuchi namoyish qilindi. Shuningdek, ekipaj tankni boshqaruv mahorati ko‘rsatildi.

Tank zamonaviy tanklarga qarshi qurollardan himoyalanish maqsadida uchinchi avlod dinamik modul himoya bilan jihozlangan.

Himoya va otish ko‘rsatkichlari oshirilishiga qaramasdan tankning og‘irligi 50 tonnadan oshmaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa tanklardan tezroq harakat qilishga imkon beradi.