TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rosgvardiya va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi 2019-yilda halqaro hamkorlik rejasini imzolashdi.
“O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Shokirov boshchiligidagi delegatsiya Moskva va uning viloyatida joylashgan Rosgvardiyaning bosh boshqarmalariga tashrif buyurdi”, - deyilgan Rosgvardiya xabarida.
Qo‘riqlash va OMON xodimlari o‘zbekistonlik hamkasblariga xizmat-jangovar vazifalarini bajarish, qurol-yaroq va maxsus asbob-uskunalarni namoyish qilishdi.
Rosgvardiya xodimlari o‘zbekistonlik hamkasblariga qurol-aslahalarni ko‘rsatishdi
Shuningdek, Rosgvardiyaning boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlik qilish tizimi bilan tanishdi.
Mehmonlar Rosgvardiyaning madaniy-sport va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga tashrif buyurishdi.