Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

YTHni Qibray tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi 63 yoshli N.M. ismli shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 11-fevral kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Namangan viloyatining Chust tumanida Zarafshon mahallasi hududida haydab ketayotib piyoda, Mirzaobod mahallasida yashagan 35 yoshli O‘.T. (ayol)ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani, natijada ayol jarohat olib kasalxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edik.

Toshkentda gaz bilan to‘ldirilgan sharlar yorilishi oqibatida 3 kishi kuyish jarohatini oldi

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent viloyati Qibray tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi 63 yoshli N.M. ismli shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.