TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 15-fevral kuni Yashnobod tumanidagi 6-tug‘uruqxona yaqinida Captiva markali avtomobilda tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan sharlar yorilib ketdi. Oqibatda 3 kishi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Toshkent shahar IIBB xabariga asosan.
Hodisa sabablarini aniqlash davomida mashina salonida gaz bilan to‘ldirilgan 20 ta shar bo‘lganligi aniqlandi.
Salondagi uch nafar yigit avtomobilda chekayotgan edi. Gazning olovlanishi oqibatida ular qo‘l va yuz kuyishi jarohatini olgan.
IIBB fuqarolarni “havo” sharlarini xarid qilishda ular geliy bilan to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilish va ularning yonida sigaret chekmaslikka chaqiradi.