Donald Tramp AQShda favqulodda holat e’lon qildi

Shu tariqa davlat rahbari Meksika bilan chegarada devor qurish uchun mablag‘ ajratilishiga erishmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 16 fev  — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp 15-fevral kuni Meksika bilan chegarasida holat yuzasidan mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish haqida farmon imzoladi.

Bu haqda Senat a’zolariga yo‘llangan prezident maktubini Wall Street Journal gazetasi e’lon qildi.

Favqulodda holat e’lon qilinishi Kongress tasdig‘isiz chegarada devor qurish uchun 8 milliard dollar olish imkoniyatini beradi.

Bundan avval Tramp 450 km uzunlikdagi devorni qurish uchun 5,7 milliard dollar ajratilishini talab qilgandi. Kongress devor qurishni samarasizligi va ko‘p harajatli ekanligini bildirgandi.

Endi favqulodda holat Trampga Kongress ruxsatisiz Adliya vazirligi va Pentagon budjetidan mablag‘ olish imkonini beradi.

Prezident favqulodda holat e’lon qilishi to‘g‘risida axborotni bosh kotib Sara Sanders Twitterda ma’lum qildi. Biroq imzolash jarayonida an’anaga muvofiq OAV vakillari taklif etilmadi.