Shahar hokimligi: Toshkent tashqi ko‘rinishini tartibga solish vaqti keldi

Barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Toshkent tashqi ko‘rinishini tartibga solish vaqti keldi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Chilonzor tumanida joylashgan ko‘plab vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq obyektlari tartibga keltirilmoqda.

“Fotolavhalarni kuzatib, aholi turar joylariga tutash holda barpo etilgan qurilmalar oraliq masofasi nuqtayi nazardan ham, tashqi ko‘rinishi va jihozlanishi bo‘yicha ham qurilish normalariga zid bunyod etilganini anglash qiyin emas”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtirilishi qayd etilgan.