Rossiyalik kursantlar nos chekish oqibatida xavfli kasallikni yuqtirgan bo‘lishlari mumkin

Zararlanish nafaqat kursantlar o‘pkasida, balki boshqa organlarida ham – jigarda, oshqozon osti bezida, miyada, ko‘zlarda va taloqda aniqlagan.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Rossiyada bir guruh Ulyanovsk kursantlari nos chekish oqibatida exinokokkoz kasalligini yuqtirgan bo‘lishlari mumkin. Bu haqda “Izvestiya” nashri tergovga yaqin manbasiga tayanib xabar qildi.

Kursatlardan birining onasiga ko‘ra, ayrim kursantlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashga to‘g‘ri keladi.

Talaba energetik ichimlikni haddan ziyod iste’mol qilishning dahshatli oqibatlarini ko‘rsatdi

Qayd etilishicha, zararlanish o‘chog‘lari nafaqat kursantlar o‘pkasida, balki boshqa organlarida ham – jigarda, oshqozon osti bezida, miyada, ko‘zlarda va taloqda aniqlagan.

Shuningdek, muassasani 2018-yilda bitirganlar bir necha kursantlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Nos, nosvoy — o‘zida nikotin saqlovchi chekimlik. Mahsulotning asosini nos tamakisi tashkil etsada, og‘iz shilliq qavatida yaxshiroq so‘rilishi uchun kul, so‘ndirilgan ohak, o‘simlik yog‘lari, turli xil ta’m beruvchi qo‘shimchalar, tovuq tezagi va tuya go‘ngi aralashtirilishi mumkin. Nos tarkibida hayvonlarning go‘ngi mavjud bo‘lgani uchun uni iste’mol qilgan odam turli oshqozon infeksiyalarini va parazit hayvon kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Nos asosan Markaziy Osiyo mamlakatlarida tayyorlanadi va chekiladi.