Qozog‘istonlik model futbol bo‘yicha jahon chempioniga turmushga chiqdi

To‘y marosimi 2018-yil dekabr oyida Shurrlening tug‘ilib o‘sgan shahri Lyudvigsxafen-am-Raynda bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik.Qozog‘istonlik model Anna Sharipova va Germaniya terma jamoasi hamda “Borussiya” (Dortmund) klubi futbolchisi Andre Shurrle turmush qurgani ma’lum bo‘ldi.

To‘y marosi yashirincha o‘tkazildi. To‘y marosimi 2018-yil dekabr oyida Shurrlening tug‘ilib o‘sgan shahri Lyudvigsxafen-am-Rayn (Germaniya)da bo‘lib o‘tdi, lekin bu haqda endigina ma’lum bo‘ldi.

Annaning ta’kidlashicha, u va Shurrle tez orada ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ladi.

Anna Sharipova Qozog‘istonda tug‘ilgan. Hozirda u Berlinda tahsil olmoqda. Bundan tashqari u model sifatida ham faoliyat olib boradi.

Andre Shurrle Germaniya terma jamoasi bilan birgalikda futbol bo‘yicha Jahon Chempionati g‘olibi bo‘lgan (2014) hamda Yevro-2012, Yevro-2016 musobaqasida ham ishtirok etgan.