Putin dzudochilar bilan mashg‘ulot chog‘ida barmog‘ini shikastlab oldi – video

Putin tatamida sportchilar bilan turli mashqlarni bajardi. Ammo chempion Beslan Mudranov bilan sparring davomida Putin o‘ng qo‘l barmog‘ini shikastlab oldi.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida dzudochilar bilan mashg‘ulot chog‘ida barmog‘ini shikastlab oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Putin Eron va Turkiya rahbarlari bilan Suriya masalasidagi uch tomonlama uchrashuvdan so‘ng «Yug-sport» kompleksiga tashrif buyuradi. U yerda taniqli rossiyalik kurashchilar, bokschilar va dzudochilar bilan muloqot qilib, bir soat davomida mashg‘ulotlarda qatnashadi.

Putin tatamida sportchilar bilan turli mashqlarni bajaradi. Ammo chempion Beslan Mudranov bilan sparring davomida Putin o‘ng qo‘l barmog‘ini shikastlab oladi.

“Chalg‘ima!” – Putin Tatariston prezidentiga ikki marta tanbeh berdi – video

Ushbu muammo oddiy plastir yordamida hal etildi. Shundan so‘ng Putin mashg‘ulotlarni davom ettirdi, ularning yakunida esa har bir sportchilar bilan suratga tushdi.