Afg‘onistondagi harbiy harakatlar davomida sovet armiyasi 14427 nafar, KGB – 576, IIV – 28 nafar kishisini yo‘qotdi.
Yaralangan, kontuziya holatiga uchragan, jarohatlanganlar 53000 dan ortiq kishini tashkil etadi. Jangda halok bo‘lgan afg‘onlarning aniq soni ma’lum emas. Ma’lumotlarga qaraganda bir milliondan ikki million nafar kishigacha halok bo‘lgan.
O‘z o‘rnida Afg‘onistonga jalb qilingan o‘zbekistonliklar soni 65 ming nafarni tashkil etadi. Jangchilarning 1520 nafari halok bo‘lgan, 2,5 mingga yaqini og‘ir tan jarohatlarini olganlar.
Sovet qo‘shinlari Afg‘onistonni qanday tark etganini Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida tomosha qiling.