Ostonada politsiya xodimlari mushtlashdi: barcha “pahlavonlar” ishdan bo‘shatildi - video

Mushtlashuvda ishtirok etgan besh nafar politsiya xodimlari bo‘shatildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Mushtlashuvda ishtirok etgan besh nafar politsiya xodimlari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Ostona politsiya departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Politsiya xodimlari o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv video internetda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

“Tekshiruv natijasi bo‘yicha yo‘l-patrul politsiya rota komandiri egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yo‘l-patrul politsiya rahbariyati qattiq intizomiy jazoga tortildi. Mushtlashuv besh nafar ishtirokchisi: ikki nafar uchastka politsiya inspektorlari va uch nafar yo‘l-patrul  politsiya xodimlari ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi”, - deb ma’lum qilishdi departament vakillari.

Bu videorolik Instagram va Facebook tarmog‘ining bir necha guruhlarda joylashtirilgandi. Hozirda bir nechtasi o‘chirildi.