Erondagi mudhish teraktda 41kishi qurbon bo‘ldi

Eronda harbiylarga qarshi teraktda 41 kishi qurbon bo‘ldi. Qurbonlar orasida tinch aholi vakillari ham bor.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Eron janubi – sharqida terakt sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.

Xudkush terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilni avtobus ustiga haydadi. Avtobusda Sistan  va Belujistan provinsiyalarining Islom revolsiyasi qo‘riqchilari kuchlari askarlari bo‘lgan. Terakt oqibatida 41 kishi qurbon bo‘ldi, ular orasida harbiylar ham tinch aholi vakillari ham bor.  

Voqea 13-fevral kuni Xash-Zaxedan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ushbu terakt uchun javobgarlikni “Jaysh al-Adl” guruhi o‘z zimmasiga oldi.