Toshkent hokimiyati Mirobod tumanidagi uylar buzilishi haqidagi xabarni inkor qildi

Mirobod tumani, "Lolazor" mahallasidagi 3 qavatli uylar buzilmaydi, 2-qavatli uylar aholi roziligi olinganidan so‘ng buzilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Toshkent hokimiyati  “Lolazor” mahallasidagi turar-joy qurilishi haqidagi xabarlarga rasman izoh berdi.

Xokimiyat,  ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan Mirobod tumani “Lolazor” mahallasida 3 qavatli uylar buzilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi. Hokimiyat bunday qaror qabul qilmagan.

Toshkentda qurilish normalariga javob bermaydigan yangi uylar buzib tashlandi

“Hokimligi huzurida o‘tkazilayotgan “Investor kuni” tadbiri doirasida tadbirkorlar tomonidan mazkur hududning ichki qismida joylashgan 2 qavatli, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmagan 27/3, 27/3a, 27/3b, 27/3v, 27/4-sonli uylarni buzish va o‘rniga yangi turar-joy kompleksi qurish taklifi bildirilgan.

Ko‘p qavatli turar-joylarni buzish bo‘yicha qaror qilish ushbu uylarda yashovchi axolining to‘liq roziligi olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi va ushbu masalada fuqarolarimiz qonuniy huquqlari to‘liq kafolatlanadi” , - deyilgan hokmiyat xabarida.

Toshkent hokimiyati Mirobod tumanidagi uylar buzilishi haqidagi xabarni inkor qildi