TOShKENT, 13 fev – Sputnik.Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ayollarni ehtiyot qilishga chorladi.
Davlat rahbari fikriga ko‘ra, o‘z qizlarini ehtiyot qilmaydigan mamlakatlar yo‘q bo‘lishga mahkum qilingan.
Nazarboyev misol tariqasida qo‘shni Xitoyni keltiradi. Undan hozirgi vaqtda ayollarga qaraganda erkaklar, 60 millionga ko‘pdir.
“Ular o‘ziga juft topish maqsadida boshqa davlatlar ketishmoqda. Davlatda qanchalik ayollar kam bo‘lsa, shunchalik tezroq millat yo‘q bo‘ladi. Oxir-oqibat, 3000-yilga kelib, qizlari kam bo‘lgan millatlar yo‘q bo‘lib ketishishi hisob-kitob qilingan. Bu haqda o‘ylash qiyin, bu aniq hisoblangan, shuning uchun qizlarni ehtiyot qilaylik”, - dedi Nazarboyev “Qozog‘istonning 100 nafar yangi shaxsi” loyihasi ikkinchi bosqich yakunlariga bag‘ishlangan tantanli marosimida.
Bundan tashqari, Nazarboyev Qozog‘iston yoshlarini mehnat qilishga chorladi.
“Men doim yoshlarga uyni yig‘ishtirish bu sharmandalik holat emasligini aytaman. Ishsiz va baxtsiz bo‘lish sharmandalik. Bu yerda juda ko‘p ish bo‘lsa-da, ayollar o‘z tanasini sotishi bu sharmandalik”, - deb ta’kidladi prezident.