Saratonning asosiy belgilari ma’lum qilindi

“Cancer Research UK” tashkiloti mutaxassislari saraton kasallikligining yettita asosiy belgilarini ma’lum qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. “Cancer Research UK” tashkiloti mutaxassislari saraton kasallikligining yettita asosiy belgilarini ma’lum qilishdi. Bu haqda RIA novosti Daily Express nashriga tayanib xabar qildi.

Olimlar saraton kasalligining turli ko‘rinishlariga qarshi dori ishlab chiqishdi

“Kasallik alomatlarini pisand qilmaslik - umr ko‘rish imkoniyatlarini jiddiy ravishda qisqartirishi mumkin. O‘simta saratonning keng tarqalgan belgisi, lekin undan tashqari o‘z vaqtida diqqat qilinishi muhim bo‘lgan yana yettita asosiy belgilar bor”, - deyiladi maqola matnida.

Saraton kasalliklarining har bir turi bo‘yicha alohida belgilar bo‘lishiga qaramasdan, shifokorlar barchasiga taalluqli asosiy alomatlarni keltirib o‘tishadi.

Qayd etilishicha, hech bir sababsiz ancha vazn yo‘qotish organizmda saraton xastaligi rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Biroq tananing vaqti-vaqti bilan vazn yo‘qotib turishi normal holat sanaladi.

Yana bir xavotirli alomatlardan biri - qo‘qqisdan yuzaga keluvchi og‘riqlar. “Agar shu kabi holat sizni bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat qiling”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, mutaxassislar qorin dam bo‘lishi va jig‘ildon qaynashiga ham e’tiborsiz bo‘lmaslikni so‘rashgan. Ko‘pincha bu ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilishda yuzaga keladi. Ammo shu kabi holatlar muntazam kuzatilsa, tanadagi xastalikdan darak berishi mumkin.

Bundan tashqari, ekspertlar ovqat hazm qilishdagi buzilishlar, peshob va axlatda qon bo‘lishi bilanoq, shifokorga uchrashni paysalga solmaslikni tavsiya qilishdi.