Samarqand viloyatidagi Bulung‘ur arig‘idan ayol kishining jasadi topildi

Samarqand viloyati Bulungur tumanida Bulung‘ur arigidan ayol kishining jasadi topildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida Bulung‘ur arigidan ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Toshkentda 35 yoshli hamshira o‘zini 3 qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, kunduz kuni mahalliy aholi ariq bo‘yida qalqib turgan qiz bolaga tegishli liboslar taxlamini topib olganlar.

Shundan so‘ng ular huquq tartibot organlariga topilma haqida xabar berishgan.

Huquq tartibot organlari tomonidan Bulung‘ur arig‘i suvi to‘silgan va birinchi sovxoz tomondan haqiqatda qiz bolaning jasadi suvdan topilgan.

Ayol nega o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas.

Hozirda surtishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni Toshkentdagi Semashko nomli ilmiy amaliy markazining 35 yoshli hamshirasi o‘zini 3 qavatdan tashlab halok bo‘lganligi haqida xabar bergandik.