Gorbachev: AQSh mutlaq ustunlikka erishib barchaga o‘z hukmini o‘tkazmoqchi

Mixail Gorbachev AQShning yaqin va o‘rta masofa raketalari shartnomasidan chiqishi haqidagi qaroriga izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti Mixail Gorbachev AQShning Yaqin va o‘rta masofa raketalari haqidagi shartnomadan chiqish haqidagi qarorini tanqid qildi, deb yozmoqda RIA Novosti “Vedomosti” gazetasiga asosan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu shartnoma Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987-yilning dekabrida imzolangan edi. Donald Tramp 2-fevraldan boshlab AQSh ushbu shartnomadan chiqishini e’lon qildi.

“AQShning ushbu qadami ortida ular ro‘kach qilayotgan sabablar emas, barcha cheklovlardan ozod bo‘lib, mutlaq harbiy ustunlikka erishish va dunyoga o‘z hukmini o‘tkazish niyati yotadi”, - dedi Gorbachev.

Sobiq SSSR prezidenti fikriga ko‘ra, AQShning bunday intilishi, aslida, dunyo xavfsizligiga putr yetkazib,  noaniq siyosiy vaziyat va mutlaq qarama-qarshi natijaga olib kelishi mumkin. Oqibatda barcha mamlakatlar, jumladan AQSh ham zarar ko‘radi.

Undan tashqari, AQSh ichida bugungi kunda mavjud bo‘lgan partiyalararo nizolar, Moskva bilan barcha sohalarda, jumladan yadroviy qurol sohasida ham muloqotni to‘xtatishga olib kelmoqda. Gorbachev AQShni ichki nizolarni yengib o‘tish va Moskva bilan dialogni davom ettirishga chaqirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Yaqin va o‘rta masofa raketalari haqidagi shartnomadan chiqishi haqidagi qaroriga javoban Moskva yangi qurol-yarog‘ poygasiga kirishmasdan AQShning  hatti-harakatlariga mos ravishda javob qaytarishga va’da berdi.

Gorbachev: AQSh mutlaq ustunlikka erishib barchaga o‘z hukmini o‘tkazmoqchi