O‘zbekistonda etika normalarini buzgan jurnalistlar javobgarlikka tortiladi

Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazishda mas’uliyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. O‘zbekistonda jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi ishlab chiqilmoqda, deb xabar qildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston jurnalistlari bepul guvohnoma oladigan bo‘ldilar

Xabarda keltirilishicha, fuqarolarning xolis, ishonchli axborot olishlari, shuningdek, jurnalistlarning fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan holda haqqoniy va obyektiv ma’lumot tayyorlashi va ularni yetkazishini ta’minlash maqsadida jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi ishlab chiqilmoqda. Bu ommaviy axborot vositalarining o‘z-o‘zini boshqarish usuli bo‘lib, bu borada hech qanday sud yoki vakolatli davlat idoralari aralashmaydi.

Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazishda mas’uliyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

“Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi prinsiplari va normalarini buzgan jurnalistlar kodeksda belgilangan tartibga ko‘ra javobgarlikka tortiladilar”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi jurnalistining umume’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish bo‘yicha meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.