Jizzax viloyati o‘z brendiga ega bo‘ldi – foto

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda dizayn studiyasi Artógraph tomonidan hududning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Jizzaxda viloyatida “Ilg‘or hudud” innovatsion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlari boshlanmoqda. Agentlik hamda dizayn studiyasi Artógraph tomonidan hududning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

2019 yil 1-martdan Jizzaxda viloyat faoliyatining barcha jabhalarini yaxshilash bo‘yicha yirik investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan “Ilg‘or hudud” innovatsion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlari boshlanadi.

Agentlik hamda dizayn studiyasi Artógraph tomonidan hududning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Jizzax viloyati o‘z brendiga ega bo‘ldi – foto

“Artógraph studiyasining eng asosiy ustivor maqsadlaridan biri hududning chuqur semantik ma’noni o‘zida aks ettiradigan va shu bilan birga uning moslashuvchanlinigi saqlab qoladigan belgisini yaratish iborat edi. Jizzax viloyatining yangi logotipi o‘zida uch asosiy elementni, bular: joyning universal qabul qilingan belgisiga aylangan, Jizzax hudud va shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalanuvchi ichida doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi Jizzax viloyatining ichiga nazar solish imkonini beruvchi eshik joylashgan pin elementi.”, - deydi studiya direktori Iskandar Haitbayev.

Jizzax viloyati o‘z brendiga ega bo‘ldi – foto

Tasvirda J harfining shaffofligidan go‘yoki moziyda cho‘l bo‘lgan yerda osmono‘par binolarni aks ettiruvchi kelajakka oyna kabi foydalanilgan. Bu jadal o‘zgarayotgan mintaqadagi betakror imkoniyatlarga investorlarni jalb etish bo‘yicha kompaniyani amalga oshirishda ajoyib imidj bo‘lishi mumkin.

Jizzax viloyati o‘z brendiga ega bo‘ldi – foto