Toshkentda o‘quvchi qiz kaltaklanishi holati bo‘yicha surishtiruv boshlandi

Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshi va uning singlisi tomonidan kaltaklandi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Mirobod tumanidagi kollej o‘quvchisi kursdoshi va uning singlisi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

O‘zbekiston fuqarosi chet elga ketish uchun 51,3 million so‘m aliment to‘lovini to‘ladi

“8 fevral kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tibbiyot muassasasidan tomonidan ularga 18 yoshli E’zoza R. ismli fuqaro tan shikastlari bilan murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi”, - deyilgan xabarda.

Qizning aytishicha, u Oygul K. ismli kursdoshi va uning opasi Shaxlo K. bilan janjallashishi oqibatida tan jarohatlari olgan.

Ushbu fakt bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza belgilandi, surishtiruv olib borilmoqda.