Toshkentda 35 yoshli hamshira o‘zini 3 qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Olesya ismli hamshira tibbiy muassasada massajist bo‘lib ishlagani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Toshkentdagi Semashko nomli ilmiy amaliy markazining 35 yoshli hamshirasi o‘zini 3 qavatdan tashlab halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, voqea 11-fevral kuni sodir bo‘lgan. 1983-yilda tug‘ilgan Olesya T. Ismli hamshira o‘zini 3-qavatdan tashlab yuborib halok bo‘lgan.

Ayni damda ushbu ish yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi hamda tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.