TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Davlat “O‘zbekiston” mehmonxonasidagi o‘z ulushini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida e’lon berilgan.
Hozir mehmonxona binosini boshqaruvchi “Otel O’zbekiston” MChJ qo‘shma korxonasida 80,13% davlatga tegishli.
Boshlang‘ich narx - 33 million dollar. Maksimal to‘lov muddati - 3-yil. Xaridor ikki yil mobaynida 100 milliard so‘m mablag‘ kiritish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini o‘ziga olishi kerak. Bu mablag‘ mehmonxonani modernizatsiya va, agar zarurat tug‘ilsa, rekonstruksiya qilish uchun kerak.
Yangi mulkdor 10-yil davomida faoliyatning asosiy turini saqlab qolishi, bino tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasligi va mehmonxonani boshqarish uchun eng yaxshi menejerlarni jalb qilishi shart.
Tanlovda ishtirok etish uchun dastlabki narxning kamida 15 foizi miqdorida garov puli kiritish lozim.