AQShda bug‘ularni zombiga aylantiruvchi halokatli kasallik paydo bo‘ldi

Kasallik yuqqan hayvonlarni ko‘rgan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, ular haqiqatdan ham zombiga o‘xshab qolishgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. AQSh kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha markazlari bug‘u va los hayvonlarda halokatli kasallik paydo bo‘lganini ma’lum qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga tayanib xabar qildi.

Yong‘oqning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Xabarda keltirilishicha, ushbu kasallik AQShning 24 ta shtatida hamda Kanadaning ikkita provinsiyasida qayd etilgan.

Surunkali ozdiruvchi xastalik deb ataluvchi kasallik hayvon bosh, orqa miyasini jarohatlaydi va birdaniga ozib ketishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, hayvon harakatlarining o‘zaro muvofiqligini yo‘qotishga va yuqori darajadagi tajovuzkorligiga olib keladi.

Kasallik yuqqan hayvonlarni ko‘rgan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, ular haqiqatdan ham zombiga o‘xshab qolishgan.