Rossiyada mablag‘siz qolgan 500 kishi O‘zbekistonga qaytarildi

Xorijda mehnat qiluvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Rossiya hududida hujjatsiz va mablag‘siz qolgan fuqarolarga uyiga qaytishga yordam berilmoqda, deb xabar qildi Mehnat munosabatlari vazirligi vazirligi matbuot xizmati.

“Moskva va Sankt-Peterburgdagi vaqtinchalik ushlab turish markazlaridan bugunga qadar jami 503 nafar odam olib kelindi”, - deyilgan xabarda.

Ularning har biri bilan tibbiyot hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimlari ish olib bormoqda.

Rossiya hududida mablag‘siz, qiyin ahvolda qolgan fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan O‘zbekistonga qaytariladi.