O‘zbekiston fuqarosi chet elga ketish uchun 51,3 million so‘m aliment to‘lovini to‘ladi

Uzun tumani istiqomat qiluvchi fuqaro chet elga chiqish uchun 50 million so‘mdan ortiq mablag‘ni aliment to‘lovini to‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi chet elga muammosiz chiqish uchun to‘liq aliment to‘lovlarini to‘ladi. Podrobno.uz. xabariga asosan.

“Uzun tumani MIB bo‘limida ish yurituvida voyaga yetmagan bolani boqish uchun aliment to‘lovlarini undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlar bo‘yicha sudining  ijro hujjati mavjud”, - deb ta’kidlashdi buroda.  

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga ko‘riladigan jazo choralari haqida eslatma berildi

O‘zbekiston fuqarosi chegaradan chiqishda muammolarga duch kelishini anglab, sobiq rafiqasiga bolani 18 yoshgacha boqish uchun oldindan 51,3 million so‘m aliment to‘lovini to‘lab qo‘ydi.

Shundan keying Uzun tumanining MIB bo‘limi ushbu fuqarodan chet elga chiqish bo‘yicha taqiqni olib tashladi.