TOShKENT, 11 fev – Sputnik.Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 12-fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6,38 so‘mga pasayib, 8 395,15 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi ham 113,08 so‘mga kamayib, 9 510,03 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 0,68 so‘mga pasayib, 127,67 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.