TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Coca-Cola kompaniyasi so‘nggi 10-yil ichida ilk bor yangi ta’mli ichimlik chiqarishini ma’lum qildi.
Kompaniyaning rasmiy saytida keltirilishicha, yangi ta’mli ichimlik 25-fevral kuni sotuvga chiqariladi.
Yangi ichimlik apelsin va vanil ta’miga ega bo‘ladi. Shuningdek, shakarli va shakarsiz variantlarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, 1985-yilda Coca-Cola ichimligining olcha, 2007-yilda esa vanil ta’miga ega bo‘lgan ichimliklari sotuvga chiqarilgan edi.