Selfi olaman deb 3 qavatdan qulab tushdi

Uchinchi qavatdan tushib ketgan 14 yoshli maktab o‘quvchisi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev - Sputnik. O‘zini rasmga olayotgan 14 yoshli maktab o‘quvchisi, ehtiyotsizligi sabab uchinchi qavatdan tushib ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“2019 yil 9-fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 14 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi F.T. (qiz) 3-qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushurayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan” , - deyilgan xabarda.

Natijada F.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.