Yumronqoziq Oltin O‘rda xazinasini topishda yordam berdi

Mariysk davlat universiteti olimlari bilan g‘aroyib voqea ro‘y berdi
Sputnik

TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Mariysk davlat universiteti olimlari Astraxan viloyatida 14-asr oxiriga mansub kumush tangalardan iborat xazinani aniqladilar. Ushbu xazinani aniqlashda olimlarga yumronqoziq yordam bergan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Maxfiy xazina: qachon Toshkentda topilgan boyliklar haqida batafsil ma’lumot beriladi

Olimlar Selitrensk shahri hududida, XIII-XV asrlarda Oltin O‘rda poytaxti bo‘lgan Saroy shahri o‘rnida qazilma ishlarini olib borishayotgan edi.

Ish faoliyati davomida tadqiqotchilar yumronqoziq unga yer ostida harakatlanishga halal bergan kumush tangalarni tashqariga chiqarib tashlaganini payqab qoladilar.

Arxeologlar tangalarni yig‘ib olib, ana shu joyda qazish ishlarini boshlab yuboradilar. Xazina shu tariqa topiladi.

Kumush tangalar xazinasi O‘rta asr tangalarining zarb qilish xususiyatlari hamda Oltin O‘rda pul muomalasini tizimiga oydinlik kiritish imkonini beradi, deb aniqlik kiritgan Mariysk davlat universituti xodimlari.