Rossiya kosmonavtlari qachon Oyga qo‘nishlari aytildi

Ekspeditsiya o‘ta og‘ir raketani ikki marotaba ishga tushirish orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Rossiyaning birinchi boshqariladigan ekpeditsiyasi 2031-yilda Oyga jo‘naydi, shundan so‘ng bu kabi parvozlarni yiliga amalga oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Roskosmos" bosh ilmiy instituti hujjatiga tayanib xabar qilmoqda.

O‘zbek kosmonavti yaqin kelajakda koinotga uchishi mumkin – Mirziyoyev

"Missiya maqsadi: Oyga birinchi ekipajni yetkazish", - deyiladi 2031-yilga qilingan rejada.

Hujjat sharhida keltirilishicha, ekipaj a’zolari "Oyda kosmonavtlar faoliyati operatsiyasi"ni mashq qilib, "RFA topshiriqlari bo‘yicha ishlarni amalga oshirishlari" kerak bo‘ladi.

2032 yilda sputnikka lunomobil (bu kosmonavtlar harakatlanishiga imkoniyat beruvchi og‘ir lunoxod), hamda ikkinchi ekspeditsiya ekipajini yetkazib berish belgilangan. Ularga "Oy sathida harakatlanish vositalarini testdan o‘tkazish" topshiriladi.

Ekspeditsiya 2033-yilda lunomobilda ilmiy izlanishlar yo‘lida uzoq masofalarga safarlarni amalga oshirib, robototexnika majmualarini testdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

2034 yilda oy bazasi qurilishi boshlanishi, 2035-yilda esa qurilish ishlarini davom ettirish belgilangan.

"Roskosmos" bosh ilmiy instituti hujjatlarida har bir ekspeditsiya - M1 dan M5gacha kodlangan nom bilan belgilangan. Har bir ekspeditsiyani superog‘ir raketani ikki marta ishga tushirish orqali amalga oshirish taklif etilgan. Raketalardan biri boshqariladigan kemani orbitaga chiqarsa, ikkinchisi esa - uchish-qo‘nish majmuasi va boshqa moslamalarni orbitaga chiqaradi. Bu keyinchalik Oydan navbatdagi startni amalga oshirishda kerak bo‘ladi.

Boshqariladigan parvozlar oldidan 2028-2029 yillarda ikkita sinov startlari amalga oshiriladi. Bunda uchish-qo‘nish majmuasi starti sinovdan o‘tkaziladi va boshqariladigan kema yordamida Oy atrofib chiqiladi.