Toshkentning oltin darvozalari: yangi logotip tanlandi

Toshkent shahri logotipi bo‘yicha tanlov g‘olibi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashining Facebook’dagi sahifasida Toshkent shahri logotipini tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘olibi e’lon qilindi.

Toshkentning oltin darvozalari: yangi logotip tanlandi

O‘zbekiston poytaxti brendi uchun asosiy tayanch timsol bo‘lishi aytilgan logotip muallifi – Temur Sa’diy va MA’NO brending agentligi bo‘lgan.

Toshkentning oltin darvozalari: yangi logotip tanlandi

Logotip kvadrat shaklida bo‘lib, uning markazida havorang T harfi, Toshkentning oltin darvozalari naqshi tasvirlangan.

Toshkentning oltin darvozalari: yangi logotip tanlandi

Logotipdan turli tadbirlar, transport vositalari, parklar, jamoat xizmatlari turlari uchun ham moslashtirib, turli talqinlarda foydalansa bo‘ladi.